Sizga aloqaga chiqishimiz uchun
x

BUGUNGACHA O‘ZBEKISTONDA
BU KABI LOYIHA BO’LMAGAN

“Ellipse Garden Darhan” siz va oilangiz uchun betakror turar-joy majmuasini taqdim etish uchun, qadim Toshkentning eng noyob hududida qad rostlamoqda. Umumiy 30 000 m2 maydonga ega loyihada har biri 21 qavatli, 5 blok joylashgan. Abadiy siklni ifodalovchi bloklar, ellips shaklida loyihalashtirilgan bo‘lib, unda turli oilalar ehtiyojlariga mos ravishda, 34 m2 dan 180 m2 gacha kvartiralar joylashgan.

“Ellipse Garden Darhan” majmuasining ikki noyob xususiyatlaridan biri — uning betakror landshaft hududidir. Siz va oilangiz yamyashil tabiat ichida xotirjam hayot kechirishingiz uchun loyihadagi umumiy 30 000 m2 maydonning 20 000 m2 faqatgina landshaft dizayni uchun ajratildi.

Loyihaning o‘ziga xos yana bir xususiyati esa — “Ellipse Effect”. O‘zbekistonda ilk marta “Ellipse Garden Darhan” tomonidan taklif etilayotgan “+22” konseptsiyasi, ehtiyojingizga ko‘ra istagan vaqtingizda turar-joy maydoningizdagi shaxsiy hududingizni kengaytirish imkoniyatini beradi. Asosiysi, birgina uy narxi bilan shunday imtiyozga ega bo`lasiz! Ushbu noyob me'moriy yondashuv muhtasham saroylarga xos imkoniyatlarni aynan sizning uyingizda mujassam bo‘lishini ta’minlaydi.

Cheksiz baxt va xotirjamlikni ifodalovchi bu loyihadagi har bir unsur, hayotingizda hayotda yanada ko‘proq makon ochish uchun maxsus ishlab chiqilgan.


LOYIHA REJASI

“ELLIPSE GARDEN DARHAN”
KOÇ CONSTRUCTION” LOYIHASIDIR

3 qit’ada, dastlab Osiyo, keyin, Yevropa va Afrikaning 9 mamlakatida faoliyat olib borayotgan “Koç Construction”, 3500 nafardan ortiq ishchilari bilan O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand va Buxoro hududlarida 15 xil turdagi loyihalarini amalga oshirmoqda

Yarim asrdan ortiq tajribaga ega “Koç Construction”, topshirishga tayyor inshoatlar qurilishi, elektromontaj ishlari, mexanika-santexnik montaj ishlari, loyiha boshqaruvi, qayta tiklanuvchi energetika va qayta ishlov berish sohalarida faoliyat olib borayotgan, qurilish sektorida yetаkchilardan bo’lgan “Koç Group” sho‘ba kompaniyasi sifatida ish olib bormoqda.

“Koç Construction” ishtirokidagi boshqa loyihalar bilan tanishish uchun shu havolaga o’tishingiz mumkin.

www.kocconstruction.com